Radio to'lqinlar orqali "Seni sevging" nomli hit taronasi ila o'z muxlislari qalbini larzaga solib kelayotgan Rayhon o'z ijodini aslo susaytirmaslikka qaror qilgan ko'rinadi.
Bunga misol qilib esa uning yangi "Yor-yor" taronasi hamda ushbu taronaga olinayotgan klipni misol qilish mumkin. Albatta klipni ajoyib hamda maromiga yetkazib olayotgan klipmeyker Yodgor Nosirovni ushbu klipga anchagina mexnati singayotgani sir emas. Demak tez kunlarda latofatli Rayhondan eng so'nggi klipni kutib qolamiz.