Воскресенье
19.05.2024
11:13
Главная Mening saytim Приветствую Вас Гость | RSS Регистрация
Вход
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
SAYT HAQIDA FIKRINGIZ
Всего ответов: 80

Главная » 2008 » Декабрь » 2 » SARDOR RAHIMXON MUSHOHADALARI... UNI NIMA TASHVISHGA SOLMOQDA?..
SARDOR RAHIMXON MUSHOHADALARI... UNI NIMA TASHVISHGA SOLMOQDA?..
18:25

Soat millari kabi yugurib ketayotgan hayot lahzalarini to`xtatib qolishning iloji bormikan?!

Kimga ko`p, kimga kam in`om etilgan soniyalar ertaga nimalar haqida so`zlaydi...

KECHAga aylanayotgan BUGUNdan ERTAGA umid qilsa bo`ladimi?!


Sardor Rahimxon “Hayot” haqida kuyladi. Kuylagandaham butun vujudi bilan, to`lib-toshib kuyladi. Bu holat esa rejissor Rustam Murodov tomonidan tarix zarvaraqlariga muhrlandi. Negaki, kelajak uni ko`rishi, tinglashi va xulosa qilishi lozim. Quyida esa Sardorning hayot haqidagi o`ylari bilan o`rtoqlashamiz. Uning ichki dunyosi nimalarnidir so`zlamoqchi... 

Tevarak-artof, o`z tashvishi bilan yugurayotgan odamlar, tong saharda kulbasidan chiqib, yarim oqshom qaytib kirayotgan damlarda YASHASH uchun kurashish, tirikchilik payida juda ko`p narsalarni chetga surib qo`ygandek.

Ko`z oldingdan xuddi kino lavhasiday o`tayotgan hayot esa o`zining o`tib ketayotganini ularga tushuntira olmay halak...

 

Hech bir jon yo`qki, Ey inson to`xta! Ro`parangda turgan ko`zguga boq. Kecha qanday eding-u bugun qay ahvoldasan, demaydi...

Chumolidek o`z ini atrofida o`rmalayotgan bu bandalar yuksaklikda ularni kuzatayotgan KUZATUVCHI borligini unutgandek...
Yana yuqoridagi fikrlar xayolingni band eta boshlaydi...

Soat millari kabi yugurib ketayotgan hayot lahzalarini to`xtatib qolishning iloji bormikan?!

Kimga ko`p, kimga kam in`om etilgan soniyalar ertaga nimalar haqida so`zlaydi...

KECHAga aylanayotgan BUGUNdan ERTAGA umid qilsa bo`ladimi?! Bilmadim...

Просмотров: 2707 | Добавил: shov-shuv | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Декабрь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

Поиск

Друзья сайта

Статистика


Copyright MyCorp © 2024