Воскресенье
19.05.2024
13:59
Главная
Yulduzlar hayoti
Mening saytim Приветствую Вас Гость Регистрация
Вход
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
SAYT HAQIDA FIKRINGIZ
Всего ответов: 80

Главная » FAQ [ Добавить вопрос ]



Jahon futbolida o`ziga hos nom va o`yin uslubiga ega bo`lgan Braziliyalik Ronaldoning asl ismi Luis Nazario de Limadir. U 1976-yilning 22-sentabrida Rio de Janeyro yaqinidagi Bento Ribeyroda tug`ilgan. Unga otasi tug`ruqni qabul qilgan akusherni simini bergan. U Ronaldo Valente edi. Futbolchining otasi mahalliy telefon kompaniyasida ishlar, onasi esa farrosh edi. Ronaldoni akasi Nelino va opasi Ione "Dadado" deb atashadi. U ham ko`pgina futbol yulduzlari kabi kambag`al oilada katta bo`ldi. U doimo kulib turardi. Shuning uchun ham o`zlari yashagan kvartal aholisi uni yaxshi ko`rar edi.
U to`rt yoshligidanoq to`pning orqasidan chopib yurar edi. Albatta, Braziliyada fotbol o`ynamaydigan kishining o`zi kam. Lekin bu bolakay hali komandaga foyda keltiradigan darajada o`yinga ega emasdi. To`rt yoshli Ronaldoga otasi charm to`p sovg`a qildi. U har kuni to`p tepishni mashq qilar edi.
U uch yoshligidanoq otasi va uning do`stlari futbolni qaday o`ynashini kuzatardi. Maktab unga yoqmadi. Unga ko`proq ko`chda yugurib yurish va hayollarga g`arq bo`lish yoqar edi. U ko`pincha o`z kumiri Ziko haqida o`ylardi. Ronaldo hozir ham 1986-yilgi jahon chempionatida Ziko penalti tepishda yo`l qo`ygan xatoligi uchun yig`laganini eslab turadi. U Braziliya terma jamoasini eng kuchli hisoblaydi va bu jamoa bilan mag`lub bo`lishni istamaydi. 8 yoshli Ronaldoni otasi "Marakana"ga futbolga olib bordi. Bu bolada juda katta taassurot qoldirgan.
1988-yilda Ronaldo o`zining ilk jamoasi tarkibida o`ynay boshladi. Bu "Valkuyer" tennis jamoasi edi. Bu yerda u futzal o`ynardi. Futzalni ular 2-o`lchamli to`pda, basketbol maydonida o`ynashardi. Futzal to`pi maydonda ko`p sakramaydi. Bu esa yerda to`pni yaxshi boshqarishni o`rgatadi. Aynan shu tufayli ham Braziliyalikar futbol bo`yicha dunyoda yetakchilik qilishmoqda. Bu yerda Ronaldo avvaliga zaxira o`rindig`ini band etdi, keyin esa darvozabon bo`lib maydonga tushdi.
U keyin oldinda harakat qila boshladi. Gollar ham urdi. Ronaldo Vasko da Gama jamoasi bilan o`tkazilgan matchda o`z jamoasiga g`alaba keltirdi. Uni Sotsial Ramos jamoasiga taklif etishdi. Onasining qarshiligiga qaramasdan futbolchi jamoani almashtirdi. U har kuni ikki soat avtobusda yurar, bu esa moliyaviy tomondan ham qiyinchilik tug`dirardi. Shunindgek otasi Ronaldoni olib kelish uchun borib, ko`pincha ishga kech kelardi. Va otasini ishdan bo`shatishdi. O`sha kuni Ronaldo otasiga u katta bo`lganida oilani o`zi ta`minlashini va`da qilgan edi.
11 yoshli Ronaldo o`zini katta futbolga tayyor deb hisoblardi. Uni "Flamongo"ga qabul qilishmadi. o`sha kun u uchun omadsiz edi. Uyga qaytishida unga hujum qilishdi. So`nggi pullariga olgan soatini ham olib qo`yishdi. Ronaldo Ramos tarkibida futzal, San Kristavao tarkibida futbol o`ynay boshladi. U ikkala jamoada ham eng yaxshi hujumchi edi. Lekin bittasini tanlashga to`g`ri keldi. U futbolni tanladi. Onasi Ronaldoni o`qishini davom ettirishni istardi, Ronaldo esa futbolni davom ettirdi. Uning hayotidagi katta qadam ilk shartnomani imzolashi bo`ldi.
Reynaldo Pitta va Aleksander Martins 14 yoshli o`smir bilan shartnoma imzoladi. Shu paytda Braziliya yangi Pele yetishib chiqayotganiga guvoh bo`lishdi. Ronaldo 17 yoshgacha bo`lgan o`yinchilar terma jamoasiga a`zo bo`ldi. Ronaldoning birinchi istagi Nayk butsilarini olish edi. U buni bolaligidan orzu qilib kelgan. Shu kiyim bilan u Janubiy Amerika hcempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Shundan so`ng 7500$ evaziga qo`lga kiritilgan Ronaldo 50 000$ ga Kruzeyroga sotildi.
Ronaldo 1970-yilgi jahon chempioni Jairziodan xursand bo`lsa arziydi. U Ronaldoni minglab bolalar ichidan tanlab oldi. Jairzino qo`l ostida Ronaldo ilk mavsumdayoq "Kruzeyro" uchun 54 ta gol urib berdi. U haqda endi butun Braziliya gapirmoqda edi.
Ronaldo professional futbolchi bo`lib yetisha boshladi. Futbolchi har bir sentni tejardi. Natijada 17 yoshida o`ziga bir xonali uy sotib oldi. O`sha davr bilan bog`liq qiziqarli voqea: Ronaldo bir kuni restoranga borib, uyida qoshiq, vilka va tarelkalari yo`qligidan shikoyat qiladi. Restoran menejeri bu buymlarni unda sovg`a qiladi.


Mahalliy nashrlar uni iste`dodi haqida har kuni yozishardi. 1993-yil dekabrda esa uning orzusi amalga oshdi. Uni mamlakat terma jamoasiga taklif etishdi.
Terma jamoa tarkibiga kiritilganda u 17 yoshda edi. Pele ham aynan shu yoshda terma jamoa a`zosiga aylangan. Yana bir o`xshashlik ularning birinchi o`yini bilan bog`liq. Har ikki futbolchi ham terma tarkibidagi ilk o`yinini Argentinaga qarshi o`tkazishgan. Bu o`yinda Ronaldo so`nggi 10 daqiqada Bebetoning o`rniga maydonga tushdi. U Zikoday bo`lishni orzu qilardi. Uni 1994-yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibiga kiritishdi.
Gollandiyaning PSV Eyndxoven jamoasi Ronaldoni sotib olishdi. Jamoa bu harid orqali tavakkal qilishgan edi. Jamoada yana bir Ronaldo bor edi. Bu 29 yoshli himoyach Ronaldodir. Ularni ajratish uchun himoyachining futbolkasiga Ronaldao, Ronaldonikiga esa Ronaldino deb yozildi.
Bir yil oldin Nayk butsilarini orzu qiladigan Ronaldo "Nike" bilan shartnoma imzoladi. Unga ko`ra kompaniya yosh futbolchiga homiylik qiladigan bo`ldi.
Jahon chempionatida Ronaldo zaxira o`yinchisi bo`lib qoldi. U yosh bo`lsa, buning ustiga jahon chempionati. Hatto ommaviy axborot vositalari ham murabbiy Parreyraning fiktini o`zgartira olmadi. Chempionat natijalariga ko`ra Braziliya to`rt karra jahon chempioni bo`ldi. Ronaldo esa Yevropa bo`ylab sarguzashtlarini boshladi. Gollandiyada u hamyurti Vanpetu va do`sti Sesarini uchratdi. Ronaldoga Gollandiya tili, havosi, ovqatlari yoqmasdi. faqatgina unga maydon ma`qul kelardi.
18 yoshli Ronaldo Gollandiya chempionatining eng yaxshi top`urariga aylandi. Terma jamoada esa Amerika kubogiga tarkib e`lon qilindi. Unda Ronaldoning ismi ko`rsatilmagan edi. Zagalo bunga uning hali yosh ekanligini sabab qilib ko`rsatdi.
1995-yilning bahorida Ronaldo Milanga ikki kunga dam olishga keldi. U Inter prezidenti Massimo Moratti bilan uchrashdi. Bir necha oydin bo`lgan Inter va PSV kelishuviga ko`ra Ronaldo sotiladigan bo`lsa birinchi haridor Inter bo`lishi kerak edi. Kelasi yili ham PSV uchinchi o`rinni egalladi.
Shunday knlarning birida Ronaldo tizzasida og`riq sezdi. Vrachlar uni tekshirishgandan so`ng, operatsiya taklif etishdi. Bu Ronaldoni 4 oyga futboldan uzoqlashtirardi. U Atlantadagi olimpiadani o`tkazib yuborishiga to`gri kelardi. 1996-yil fevralda operatsiya qilindi. Ronaldo Romarioning maslahatiga ko`ra Nilton Petron klinikasiga kelib, 90 kun davolandi. U Eyndxovenga final uchrashuviga yetib bordi. Dik Advokat unga bir necha minutlik imkoniyat berdi. U PSVdan ketishga qaror qildi.
Yozda Ronaldo terma jamoa bilan olimpiada o`yinlariga bordi. U jamoadagi eng yaxshi o`yinchilardan biriga aylandi. Barselona esa uni PSVdan dotib olish taklifi bilan chiqdi. Kelishuvga ko`ra Moratti transferga qiziqish bildirdi. Lekin, Barsa Ronaldo uchun 20 mln. taklif qildi. Inter prezidentining fikricha bu yosh futbolchi uchun juda katta summa. Barsa esa Ronaldoni o`z tarkibiga qo`shib oldi.
Ronaldo Barselonaga yo`l oldi. Klub bilan millionlik shartnoma imzoladi. Nayk ham homiyligini davom ettiradigan bo`ldi. Uning qatoriga yana ko`plab kompaniyalar qo`shilishdi. Dunyo bo`ylab Ronaldomaniya tarqala boshlandi. Aeroportda uni minglab muxlislar qarshi olishdi. Ular Ronaldodan bosh sovrinni olib kelishni kutishardi. Barselona tarkibidagi ilk uchrashuvi o`rtoqlik uchrashuvi bo`ldi. Uning ilk rasmiy uchrashuvi esa omadli kechdi. U gol muallifiga aylandi. Ronaldo maydon markazidan to`pni olib raqib jamoaning barcha himoyachilarini aldab o`tdi va gol urdi. O`yin futbol uchun tekin reklama bo`ldi dekak yanglishmaymiz.
Mavsum jamoa uchun omadli bo`ldi: Ronaldoning iste`dodi va uquvi yaxshi natijalar bermoqda edi. Barsa prezidenti ham uni qimmat sotib olishiga qaramay xursand bo`ldi. Axir jamoasi Realni ortda qoldirib ketdi, Yevrokubokda ham yaxshi natijalarga erishmoqda.
Ronaldo 1996-yili Vea va Shirerni ortda qoldirib, jahonning eng yaxshi o`yinchisi bo`ldi. U har bir goldan keyin quvonib, raqs tushar, maydon bo`ylab "uchar" edi. Bu harakatlarni bolalar o`zlashtirib olishga, o`z kumiri kabi harakat qilishga urinishar edi.
Ronaldo vatanidan qanchalik uzoqda bo`lishiga qaramasdan unga yaqin bo`lishga intilardi. Do`stlari va yaqinlari bilan aloqa o`rnatishida internet qo`l keldi. 1997-yilda unda sayt ochish fikri tug`ildi.
Ronaldoga Barselona juda yoqardi: shahar, ishqibozlar, jamoa... bu yerda ko`p yashashni hohlardi. Biroq jamoa muatsaddilari bilan muammolar bo`lib turardi. Ronaldo jamoadan ketishi uchun uni oladigan jamoa Barsaga kamida 27 mln. dollar to`lashi lozim edi. Bu yerda qolishni istasa ham Ronaldo Milanga yo`l oldi.
Inter jamoasi uni juda yaxshi kutib oldi. 10 000 odam jamoa shtab kvartirasida, 10 000 odam jamoaning mashg`ulot o`tkazish markazida u bilan uchrashdi. Ronaldoga 10 raqamini berishdi. Uning ilk uchrashuni o`rtoqlik uchrashuvi bo`lishiga qaramasdan San Siroga 50 000 muxlis tashrif buyurdi. Jamoa Manchester Yunayted bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi.
Italiya chempionati kuchli bo`lishiga qaramasdan Ronaldo o`zini ko`rsata oldi. U jamoaga maydonda ham, undan tashqarida ham daromad keltirardi. Uning suratlari tushirilgan futbolka va boshqa buyumlar tezlik bilan sotilib ketardi.


U 1997-yilda eng yaxshi to`purar uchun beriladigan "Oltin butsa" va "France Football" tomonidan ta`sis etilgan "Oltin to`p"ga egalik qildi. FIFA esa uni "yilning eng yaxshi futbolchisi" deb e`loq qildi. U Roberta Karlos, Denis Berkamp va Zayniddin Zidanni ortda qoldirib ketgan edi.
Ronaldoni maydonda hech kim to`xtatib qololmasdi. Faqatgina hakamning hushtagigina bunga erishardi. Yuventus bilan bo`lgan uchrashuvda hakam Yuvega yon bosadi. O`sha yili Yuventus chempion, Birxoff esa to`purar bo`ldi.
Ronaldo 2 raqamini yoqtirmaydi. Shuning uchun ham UEFA kubogi finalida Latsio ustidan faqatgina g`alaba qozonishi kerak edi. U pemaltini aniq amalga oshirdi va Inter g`olib bo`ldi. Uning muxlislari soni ham ortib borardi. Rollan Garros turnirida Anna Kurnikova Ronaldodan avtograf so`ragan edi.
Bir paytlar Ronaldo qizlar bobida o`zini omadsiz sanar edi. Sababi turtib chiqqan tishlari, sochlari uni hunuk ko`rsatardi. Endi esa u ko`p kompaniyalar uchun reklama imijida aylandi. Jurnallar muqovasida ham suratlari bosila boshlandi.
1998-yilgi jahon chempionatida jamoa rahbarlarining Ronaldodan umidi katta edi. Biroq u shaxsiy hayotidagi muammolar tufayli ko`ngildagidek o`yin ko`rsata olmadi. Final ucrashuvi bo`ladigan kun Ronaldo kasal bo`lib qoldi. Jamoa murabbiyi Zagalo uning o`rniga Edmundoni maydonga tushirmoqchi edi. O`yinga bir soat qolganda Ronaldo uning yoniga kelib o`zi o`ynashini ma`lum qildi. Final o`yini Ronaldo uchun qiyin kechdi. O`yindan so`ng u migren bilan kasallandi.
Chempionatdan keyin u biy oy ta`tilga chiqdi. Uni o`ng tizzasidagi o`griq bezovta qila boshladi. U Interga qaytib keldi va mashg`ulotlarni boshladi. Hamma Interning taqdiri Ronaldoning tizzasiga bog`liq ekanligini tushinar edi. Lekin og`riq o`tib ketmadi. Jamoa MYu dan yutqazib Chempionlar Ligasini tark etdi. Ichki chempionatda yilni 9-o`rin bilan yakunladi. Ronaldo 19 marta maydonga tushib, 14 gol muallifiga aylandi. U o`yinlarda bir oyoqda o`ynar edi. Shunga qaramay u bu yil jahonda Zidandan keyin ikkinchi futbolchi bo`ldi.
Ronaldo Braziliya tarkibida Amerika kubogida ishtirok etdi. Barselona bilan bo`lgan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. U qiyin sharoitda o`ynashiga qaramasdan eng yaxshi to`purar nomini saqlab qolishga harakat qildi.
Interning yangi murabbiyi Marchello Lippi "Ronaldoga bog`liq bo`lmagan" jamoa shakllantirishga harakat qilishini ma`lum qildi. Biroq Interga u baribir kerak edi.
Ronaldo ko`p o`yinlarda zaxiradan maysonga tushar edi. U hatto butun o`yinni shu o`rindiqda o`tkazib yuborgan vaqtlar ham bo`lgan. Tizzasi og`rib turishiga qaramay Ronaldo Milanga qarshi ajoyib o`yin o`tkazdi. Biroq 30-daqiqada hakam unga qizil kartochkasini ko`rsatdi. Ko`pchilik o`sha o`yinda hakamning nohaqligini e`tirof etishadi.
Ronaldo hayriya ishlariga ham alohida ahamiyat beradi. U Braziliyada futbol maktabiga homiylik qiladi. Kosovoga ham tashrif buyurgan. Uning maqsadi bu yerdagi tinch aholi bilan uchrashib, ularga ko`mak berish edi.
Inter-Lechche o`yinidan keyin Ronaldo tizzasini qayta operatsiya qildirishga Parijga bordi. Bu yerda ham kuni uning derazasi ostiga avtograf so`rab kelgan minglab muxlislar bo`lar edi. Biroq ahvoli yaxshi emasligi tufayli muxlislar talabi biror marta ham qondirilmagan. Uni qayta operatsiyaga olishdi. Bu safar ham uning tuzalib ketishi uchun 4 oy vaqt ketishi ma`lum bo`ldi.
Shu 4 oy mobaynida u Braziliyaga qaytdi va Milenga uylandi. Ronaldo: "O`g`lim tug`ilganda men maydonda bo`laman", - derdi. Lekin o`g`li uni maydonga qaytishidan bir necha kun oldin - 6-aprelda tug`ildi. Ronaldo esa 12-aprel kuni Latsio bilan bo`ladigan final uhrashuvida maydonga tushdi. Doktorlar unga 20 daqiqa o`ynashni aytishgan edi. Biroq match u uchun omadsiz yakunlandi. Muxlislar hayqiriqlari ostida maydonga tushgan Ronaldo doktorlar katalkasida maydonni tark etdi. Uning tizzasi singan edi. Bu gal jiddiy jarrohlik amaliyotini o`tash kerak. Uning maydonga qaytishi uchun kamida bir yil kerak bo`ladi.
Klinikaga har kuni maktublar, faks, otkritkalar va hatto sovg`alar kelib turardi. Interdagi do`stlarini Ronaldo televizor orqali kuzatardi. Uni ko`rgani klinikaga Zidan ham tashrif buyurgan. Tuzalib, Milanga qaytgach esa Pele uning uyiga kelgan. Ana shu mehr tufayli Ronaldo ruhiy jihatdan avvalgidan ham mustahkamroq bo`lgan.


"Marakana"dagi match
Dekabrda Ronaldo AQSHga, keyin Fransiyaga bordi. Fransiyadan dam olishdan qaytgan Ronaldoga doktorlar o`ynashga ruhsat berishdi. U ilk marotaba "Marakana" o`yingohida, o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. U bilan maydonda Zika va Shumaxer ham to`p surishdi. O`yn shampan vinolari ochilishi bilan tugadi.

Qaytish
Nihoyat Italiyaga ham qaytish vaqti keldi. Inter murabbiyi Tardelli ham, prezident Moratti ham Ronaldoni birmuncha vaqt faqatgina o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishini bilar edi. U maydonga tushgan chog`i uning muxlislari "Phenomenonо" qo`shig`ini kuylab kutib olishdi. Endi Ronaldo har kuni tinimsiz mashq qila boshladi. U faqatgina "Nike" kompaniyasi bilan bog`liq sud jarayonlari kunlari mashqdan ozod bo`ldi.

Muxlislar jahon chempionatini va ayniqsa unda Ronaldo to`p surishini intiqlik bilan kutishardi. Buni futbolchini o`zi ham kutardi. Shu sababli tinimsiz mashqlar qila boshladi. U o`zini terma jamoaga qabul qilinishini aniq bilmasa ham tayyorgarchilikni to`xtatmadi. Skolari terma jamoag Romarioning o`rniga Ronaldoni oldi.

2002-yil jahon chempionati
2002-yilgi chempionatda Ronaldo muxlislari uchun juda chiroyli o`yin ko`rsatdi. U travma olishidan avvalgi o`yinlaridagi kabi gollar muallifiga aylandi. U o`yindan o`yinga ochilib bordi. Finalda esa 2002-yilning eng yaxshi futbolchisi Oliver Kanni "nokaut"ga uchratdi. U Kan qo`riqlayotgan darvozaga ikkita aniq zarba yo`lladi.
2002-yil Ronaldo uchun ertaknamo bo`ldi. shu yili u qator mukofotlarga ega bo`ldi.

Real Madrid
Chempionatdan so`ng Ronaldo Madridning "Real" jamoasiga keldi. Unga "Inter"dan ketish og`ir bo`ldi. Sababi uning butun jarohatlarini aynan shu jamoa davolagan edi. Lekin Ronaldoning o`yin darajasi "Inter"nikidan anchagina yuqori edi. Bu transfer qirollik jamoasiga 50 millionga tushdi. Shu tariqa "qirol xazinasi Braziliya qora marvaridi" bilan to`ldirildi.
Ronaldo ilk uchrashuvdanoq gol kirita boshladi. Uning orzusi El klassikada o`ynash edi. Biroq gripp sababli birinchi mavsumni o`tkazib yubordi. Keyingi yili u "Barselona"ga qarshi maydonga tushdi va maydonni gol bilan tark etdi.

Hozirda Ronaldo Italiyaning "Milan" jamoasida to`p surmoqda. Lekin, tizzasi bilan bog`liq muammolar hozirda ham unga tinchlik bermayapti. Bu kasallik sababli u faoliyatini ham tugallashi mumkin.

Mukofotlari:
Terma jamoa tarkibida:
- CONMEBOL chempioni (1991-yil)
- Jahon Chempioni (1994-yil)
- Janubiy Amerika chempioni (17 yoshgacha) (1993-yil)
- UMBRO kubogi sohibi (1995-yil)
- Olimpiya turniri bronza medali sohibi (1996-yil)
- Amerika kubogi sohibi (1997-yil)
- Konfederatsiya kubogi sohibi (1997-yil)
- Jahon Vitse chempioni (1998-yil)
- Jahon Chempionatining eng yaxshi o`yinchisi (1998-yil)
- Janubiy Amerika kubogi sohibi (1999-yil)
- Jahon chempioni (2002-yil)
- Jahon Chempionatining eng yaxshi to`purari (2002-yil)

"Kruzeyro" tarkibida:
- Super Cupa Top eng yaxshi to`purari (1994-yil)
- Maniero chempionati eng yaxshi to`purari (1994-yil)
- Manieyro chempioni (1994-yil)

"PSV Eyndxoven" tarkibida:
- Gollandiya chempionati ng yaxshi to`purari (1995-yil)
- Gollandiya kubogi eng yaxshi to`purari (1996-yil)
- Gollandiya kubogi sohibi (1996-yil)

"Barselona" tarkibida:
- Ispaniya superkubogi sohibi (1996-yil)
- Jahonning eng yaxshi futbolchisi (1996-yil)
- Ispaniya chempionatining eng yaxshi to`purari (1997-yil)
- Ispaniya kubogi sohibi (1997-yil)
- Ispaniyada to`p suruvchi eng yaxshi Lotin Amerikalik futbolchi (1997-yil)
- Yevropa chempionatida eng yaxshi to`purar ("Oltin butsi") - 34 gol


"Inter" tarkibida:
- Yevropaning eng yaxshi futbolchisi (1997-yil)
- Jahonning eng yaxshi futbolchisi (1997-yil)
- UEFA kubogi sohibi (1998-yil)
- Italiya ligasidagi yil legioneri (1998-yil)
- Yil o`yinchisi (1998-yil)
- Yilning Yevropalik forvardi (1998-yil)

"Real" tarkibida:
- Kontinentlararo kubok sohibi (2002-yil)
- Yevropaning eng yaxshi o`yinchisi (2002-yil)
- Jahonning eng yaxshi futbolchisi (2002-yil)
- "Laureus" mukofoti (2003-yil)
- Ispaniya chempioni (2003-yil)
- ESPN USA - yilning eng yaxshi o`yinchisi
- Ispaniya superkubogi sohibi (2003-yil)
- Ispaniyada to`p suruvchi eng yaxshi Lotin Amerikalik o`yinchi (2003-yil)
- Jahonning eng yaxshi futbolchisi (2003-yil)
- TCI mukofoti: eng yaxshi sportchi (2003-yil)
- Ispaniya chempionati eng yaxshi to`purari (2004-yil)
- Ispaniya va Lotin Amerikasining eng yaxshi sportchisi (2003-yil)

Ronaldo "World Soccer" jurnalining 1999-yil may oyida e`lon qilgan natijalariga ko`ra futbol tarixidagi eng yaxshi o`yincila ro`yhatida 13-o`rinni band etgan. Quyida sizga ro`yhatni havola etamiz:
1. Pele - Braziliya - 5499 ochko
2. Diyego Maradona - Argentina - 3949 ochko
3. Yoxan Kriuff - Gollandiya - 3388 ochko
4. Frans Bekkenbauer - Germaniya - 2780 ochko
5. Mishel Platini - Fransiya - 1854 ochko
6. Alfredo di Stefano - Argentna/Ispaniya - 1541 ochko
7. Ferens Pushkash - Vengriya/Ispaniya - 1537 ochko
8. Jorj Best - Shimoliy Irlandiya - 1190 ochko
9. Marko Van Basten - Gollandiya - 1026 ochko
10. Eysebio Mozambik - Portugaliya - 1022 ochko
11. Lev Yashin - Rossiya - 821 ochko
12. Bobbi Charlton - Angliya - 680 ochko
13. Ronaldo - Braziliya - 541 ochko
14. Bobbi Mur - Angliya - 539 ochko
15. Gerd Myuller - Germaniya - 498 ochko
16. Roberto Badjo - Italiya - 486 ochko
17. Stenli Mettyuz - Angliya - 429 ochko
18. Ziko - Braziliya - 390 ochko
19. Franko Barezi - Italiya - 371 ochko
20. Garrincha - Braziliya - 361 ochko
...
26. Ronario - Braziliya
28. Zidan - Fransiya

Futbol tarixidagi beshta eng yaxshi o`yinchilari:
- Pele
- Maradonna
- Ronaldo
- Bekenbauer
- Zidan

Ronaldoning laqablari:
- Dadado
- Quyoncha
- Fenomen
- Semiz
- Roni, Ronik, Ronchik


Sana: Juma, 22 Fevral 2008
o`qildi: 435 marta


Mashhur hind aktrisasi Rekxa 1954-yil, 10-oktabrda dunyoga kelgan. Uning ota-onasi ham kino sohasifa faoliyat yuritishgan. Uning otasi - Jemeni Ganeshan, onasi esa Pushpavalli bo`lgan. Ularning har ikkisi ham bir qancha filmlarda suratga tushishgan. Ammo, bu "yulduzli" oila Rekxa tug`ilgan yili ajrashishgan. Rekxa onasi bilan qolgan.
Rekxa o`n uch yoshidan boshlab kinolarda suratga tusha boshlagan. Lekin u aktrisa bo`lishni hohlamasligini bir necha bora ta`kidlab o`tgan.

ANKETA:
Bolaligidan esda qolgani: Saawan Bhadon Anjaane, Aalapda ishlagani;
Sevimli qo`shiqchilari: Barbara Streizand, Richard Marks, Maykl Bolton, Brayan Anams;
Sevimli kishilari: onasi, Jenifer Kapur, Indira Gandi;
Sevimli kitoblari: jurnallar va komikslar;
U hohlaydigan ishlar: Dunyoni o`zgartirish;
U suratga tushishni istaydigan filmlar: "Ayol ifori", "Mughal-E-Azam";
Sevimli avtomobillari: Maruti 800, Lamborgini, Porche;
Sevimli qimmatbaho buyumlari: tarixiy Masr buyumlari;
Ko`pincha boradigan shaharlari: Rim, San-Fransisko, Yaponiya;
Hobbisi: eski suratlarni yig`ish;
Eng baxtli onlari: Milliy mukofot bilan taqdirlangan chog`lari;


FILMOGRAFIYA:
1970-yil: "Sawan bhadon" (Navin Nischol)

1972-yil: "Raampur ka lakshman" (Randhir)

1973-yil: "Kahani kismat ki" (Dharmendra)

1973-yil: "Kashmakash" (Feroz Khan)

1973-yil: "Keemat" (Dharmendra)

1973-yil: "Namak haraam" (Amitabh, Rajesh)

1973-yil: "Pran jaye par vachan na jaye" (Sunil Dutt)

1974-yil: "Duniya ka mela" (Sanjay Khan)

1975-yil: "Dharam karam" (Raj Kapoor, Randhir)

1976-yil: "Do anjaane" (Amitabh Bachchan, Mithun)

1977-yil: "Aap ki khatir" (Vinod Khanna, Madira)

1977-yil: "Alaap" (Amitabh Bachchan)

1977-yil: "Palkon ki chhaon mein" (Rajesh Khanna, Hema)

1978-yil: "Bhola bhala" (Rajesh Khanna)

1978-yil: "Ganga ki saugandh" (Amitabh Bachchan)

1978-yil: "Muqaddar ka sikander" (Amitabh Bachchan, Rakhee, Vinod)

1979-yil: "Mr. natwarlall" (Amitabh Bachchan)

1980-yil: "Judai" (Jeetendra)

1980-yil: "Khoobsurat" (Ashok Kumar, Rakesh Roshan)

1980-yil: "Maang bharo sajana" (Jeetendra, Moushumi)

1980-yil: "Ram balram" (Amitabh, Dharmendra, Zeenat)

1981-yil: "Baseraa" (Shashi Kapoor, Rakhee)

1981-yil: "Ek hi bhool" (Jeetendra)

1981-yil: "Nagin" (Sunil Dutt, Feroz Khan, Sanjay Khan)

1982-yil: "Silsila" (Amitabh, Shakti, Jaya Bachchan)

1983-yil: "Aagar tum na hote" (Rajesh Khanna, Raj Babbar)

1984-yil: "Baazi" (Mithun Chakraborty, Dharmendra)

1984-yil: "Jhoota sach" (Mithun Chakraborty, Dharmendra)

1984-yil: "Utsav" (Shashi Kapoor, Anuradha)

1985-yil: "Faasle" (Sunil Dutt, Farah)

1986-yil: "Insaaf ki awaaz" (Anil Kapoor, Richa Sharma)

1986-yil: "Jaal" (Mithun Chakraborty, Moon Moon Sen)

1986-yil: "Jhoothi" (Amol, Raj Babbar)

1986-yil: "Pyar ki jeet" (Shashi Kapoor, Ashok Kumar)

1987-yil: "Ijaazat" (Naseeruddin Shah, Shashi Kapoor)

1988-yil: "Biwi ho to aisi" (Farooq Sheik, Bindu)

1988-yil: "Dharmatma" (Feroz Khan, Hema Malini)

1988-yil: "Khoon bhari maang" (Rakesh Roshan, Kabir Bedi)

1989-yil: "Bahu rani" (Rakesh Roshan)

1989-yil: "Bhrashtachar" (Mithun Chakraborty, Anupam Kher)

1989-yil: "Clerk" (Manoj Kumar)

1993-yil: "Geetanjali" (Jeetendra, Dalip Tahil)

1995-yil: "Ab insaf hoga" (Mithun Chakraborty, Farooq Sheikh)

1995-yil: "Umrao jaan" (Naseeruddin Shah, Farouque Shaikh)

1996-yil: "Aurat aurat aurat" (Rakesh Roshan, Sadashiv)

1996-yil: "Kama sutra" (Indira Varma, Sarita Chaudhary)

1996-yil: "Khiladiyon ka khilady" (Akshay Kumar, Raveena Tandon)

1997-yil: "Aastha" (Om Puri)

1997-yil: "Udaan" (Saif Ali Khan, Madhoo)

1998-yil: "Bulundi" (Anil Kapoor, Rajnikant)

1998-yil: "Kaun kaisa hai khiladi" (Akshay Kumar, Twinkle Khanna)

1998-yil: "Qila" (Dilip Kumar, Mamta Kulkarni)

1999-yil: "Mother 98"

2000-yil: "Bulandi"

2001-yil: "Zubeidaa"

2001-yil: "Lajja"

2001-yil: "Mujhe Meri Biwi Se Bachaao"

2001-yil: "Censor"

2002-yil: "Dil Hai Tumhaara"

2003-yil: "Koi Mil Gaya"

2003-yil: "Bhoot"

2005-yil: "Parineeta"

2005-yil: "Bach Ke Rehna Re Baba"

2006-yil: "Kudiyon Ka Hai Zamana"

2006-yil: "Krrish"

2007-yil: "Yatra"

2007-yil: "Kudiyon Ka Hai Zamana"

2007-yil: "Om Shanti Om"
| 08.12.2007 15:39

1981-yilning 2 dekabr kuni Luiziana shtatining Kentvud shahrida ajoyib qizaloq dunyoga keldi. U gapirishdan avval kylashni, yurishdan avval raqs tushishni o`rgandi. Uning bu qobiliyatini payqagan ota-onasi qizaloqning iste`dodini yuzaga chiqarish uchun vaqtlarini ham, pularini ham ayashmadi.
Onasi Britnini bolalar o`rtasida o`tkaziladigan barcha festivallarga olib borar edi. U 4 yoshligidanoy mahalliy cherkovda kuylar edi. 8 yoshli Britni Brodvey Raqs Markazida va Kuylash san`ati professional maktabida o`qiy boshladi.
Britni: "Men yosh, quvnoq va baxtli artist bo`lishni istar edim. Hamma mening san`atimni tushunsa".
17 yoshida chiqarilgan ilk albomi qo`dhiqchini butun dunyoga mashhur qildi. Britni Spirz "Teneyjerlar qirolichasi" deb atala boshlandi. Uning suratlari jurnallar muqovasidan tushmay qoldi. Qoshiqlari va kliplari ham radio-televideniyalarning asosiy efir qismiga aylanib qoldi. Hattoki uning o`zi ham bunday bo`lishini kutmagan edi. Har bir qo`shig`i va kliplari xit darajasiga ko`tarilib ketar, chartlarda yuqori o`rinlarni zabt etar edi.


Uning bunday yoshdanoq mashhurlikka erishishi ko`pchilikni hayratlantirardi ham. Mashhurligiga esa qatro sabablar bor: iste`dod, go`zallik, aql va yana ko`pgina jihatlar yosh qizaloqqa omad eshiklarini ochib bergan edi. U ko`pgina yosh ijrochilarning orzusi bo`lgan darajalarga tezlik bilan erishdi.
Uning har bir qo`shig`ining o`z tinglovchisi bor. Ijodi ham keng qamrovli: mayin musiqadan tortib "fank" yo`nalishidagi qo`shiqlar-u, shovqin-syronga boy reggilardan tortib, ko`ngilni silab o`tuvchi lirik musiqalargacha. Uning har bir qo`shig`i alohida vokal uslubga ega. U har doim yangicha uslubda kuylashga harakat qilardi.
Uning ota-onasi ham qiziga har tomonlama ko`maklashar edi. Hatto, uning birinchi albomi chiqqan paytlarda oilaning hisobida pullari qolmagan edi. Sababi ular oilaning sevimli qizining albomi uchun sarf etilgandi. Britni birinchi gonorarini qo`lga kiritishi bilan ota-onasi uchun uy sotib oldi. Hozirda Britni shou-biznesdagi boy ayollar o`ntaligiga kiradi. Endi ota-onasiga ham osonroq.
Qo`shiqchining eng ko`p haridlaridan biri mashina sotib olishdir. Britnining garajida avtomobillar kolleksiyasini ko`rishingiz mumkin.
O`z faoliyatini boshlagan chog`larda qo`shiqchi ijaraga mashina olib minar edi. U yorqin qizil rangli "Ferrari 360 Modena"ni tanlagan edi. Biroq bu mashinada Britni avtohalokatga uchradi. Yetkazilgan zararni qoplash Britniga 25 ming dollarga tushdi. Ijarachilar unga "Range Rover"ni tavsiya etishdi. Oq rangli bu jip "Ferrari"ga nisbatan qulay edi.
Bundan besh yil oldin Britni bittagina avtomobil egasi edi. Qora rangli "Mercedes CLK 350" kabrioleti o`z egasiga hozir ham hamrohlik qilmoqda. Qo`shiqchi mashina haydashd qator qiyinchiliklarga duch keladi. Shu sababli ham ko`pincha haydovchining xizmatidan foydalanishga to`g`ri keladi.
2002-yilda unga haydovchilikni o`rganish uchun juda qulay vaziyat yuzaga keldi. U filmda suratga tusha boshladi. Uning qahramoni avtopoyga guruhi egasining qizi edi. Shuning uchun ham undan mashinani yaxshi boshqarish talab etilardi. Professional ustozlar qo`lida ta`lim olgan Britni mashinani soatiga 118 mil tezlikda boshqara oldi.
Britni: "Men trassa bo`ylab 20 marta aql bovar qilmas tezlikda yalandim. O`sha paytlarda kuda qo`rqqanman. Lekin, trassada o`tgan har bir daqiqa menga zavq bag`ishlar edi".
Haydovchilik sohasida yangi bilimlarga ega bo`lgan qo`shiqchi bu safar "Porsche 911" kabrioletini harid qildi. Aytib o`tish kerak-ki, Britni kabriolet rusumidagi mashinalarni yoqtiradi.


Keyinroq sayohatlar uchun "Mercedes SL 500", dam olishga chiqish uchun esa "Mini" kabrioletini sotib oldi. U yana "Ferrari" minishni hohladi. Va kumushrang "Ferrari" uning garajida paydo bo`ldi. Shuni ta`kidlash joiz-ki, ko`pchilik mashhur kishilarning garajida "Ferrari" albatta joy egallagan.
Oilaviy sayohatlar uchun "Lincoln Navigator" hozir-u nozir. Aynan shu mashina uni ko`pincha paparatsi "hujumidan" asrab qolgan. "Lincoln"dan keyin garaj yana bitta kabriolet bilan boyitildi. Bu safar u qora rangli "Jaguar XK 8" mashinasini sotib oldi. "Porsche Boxster" va "Porsche 356A Speedster" hisobiga "Porsche"lar soni ham uchtaga yetkazildi.
"Porsche 356A Speedster" bilan Britni faxrlanadi. Chunki mashina 1956-yilda ishlabchiqarilgan tarixiy mashinadir. Kumushrang bu mashina qo`shiqchiga 70 ming dollarga tushgan. Uni minish uchun Britni maxsus dars ham olgan.
Erta mashhurlik, bolalik xotiralari Britnini psixikasida o`ziga hos iz qoldirgan. U faqatgina kuylash, raqs tushish va mashhurlikni istagan edi. Biroq bularning ortida turgan paparatsi, muxlislarning to`polonlari va boshqa holatlar uning rusiyatiga qattiq ta`sir edi. Britni tushkunlikka tushib qoldi. U bu holatdan chiqib ketishga harakat qilmoqda.
Britni: "Men musiqa bilan shug`ullanishga harakat qilaman. Chunki o`z kelajagimni faqatgina shu orqali ko`ryapman".


MERCEDES-BENZ CLK


FERRARI 360


PORSCHE 356


| 11.01.2008 09:35

Форма входа

Поиск

Друзья сайта

Статистика


Copyright MyCorp © 2024