Воскресенье
19.05.2024
12:41
Главная Mening saytim Приветствую Вас Гость | RSS Регистрация
Вход
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
SAYT HAQIDA FIKRINGIZ
Всего ответов: 80

Главная » 2008 » Июнь » 9 » RAFET EL ROMAN
RAFET EL ROMAN
06:49

Rafet El Roman 1968-yil 25-avgust kuni Edirne shahrida tavallud topdi. U 7 yoshigacha buvisi bilan birga yashadi. Chunki uning ota-onasi 1970-yilda Germaniyaga ko`chib ketgan edi. Birinchi sinfni tugallagan Rafet ota-onasining yoniga, Germaniyaga jo`nab ketdi. O`sha yerda u ta`limni tugalladi.
Ilk qo`shig`ini Rafet 16 yoshida kuyladi. O`shandayoq u hayoti musiqa bilan bog`liq ekanligini his etgan edi.
1988-yilan boshlab Rafet turli sahnalarda chiqish qila boshladi. 1992-yilda Saarlaendischer Rundfunk radiosida yilning eng yaxshi qo`shiqchisi deb ta`n olindi. 1994-yilda esa Frankfurt madaniyat tanlovi g`olibiga aylandi. 1995-yilda Rafet Turkiyaga qaytdi. Shu yerda u ilm yakkaxon albomi - "Yoshlik ko`zyoshlari"ni yozdi. Disk umumiy hisobda 1 mln. nusxada sotildi.
1997-yilda ikkinchi albom dunyo yuzini ko`rdi. Uni qo`shiqchi "En guzel gunler senin olsun" deb nomladi. 1998-yilga kelib Rafet Yevropa uchun o`zining ilk albomini chiqardi. Keyingi 6 albomi ham Turkiyada shuxrat qozondi. Ayniqsa 2005-yilda chiqqan "Qalbim sultoni" albomi yuksak natijalar qayd qildi.
Qo`shiqchilikdan tashqari Rafet o`zini aktyorlikda ham sinab ko`rdi. U hozirda o`z romani asosida film suratga olishni mo`ljallab yuribdi. Shuningdek u "RER" nomli ovoz yozish studiyasiga ega. Aynan shu yerda ko`plab turk honandalari yetishib chiqqan.

Просмотров: 1984 | Добавил: shov-shuv | Рейтинг: 4.0/1 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Поиск

Друзья сайта

Статистика


Copyright MyCorp © 2024