Воскресенье
19.05.2024
11:13
Главная Mening saytim Приветствую Вас Гость | RSS Регистрация
Вход
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
Eng Yahshi Honandani Tanglang Va Ovoz Bering
Всего ответов: 306

Главная » 2008 » Июнь » 9 » AMITABX BACHCHAN
AMITABX BACHCHAN
06:13

Amitabx Bachchan mashhur shoir Xarisvansha Bachchanning o`g`li bo`lib, 1942-yilning 11-oktabrida Ollohobodda tavallud topgan. U Shervud kollejida, Nainital internatida, Dehli Universitetidagi Kirori Mal kollejida tahsil olgan.
1972-yilda u Jaya ismli qizga uylandi. Amit sohibning muvaffaqiyat cho`qqisini ko`zlab boshlagan harakati aynan o`sha paytlardan boshlangan. Oradan ko`p o`tmay Bachchan teleekran qiroliga aylandi. Mashhur aktrisa Rekxa bilan yaratgan duetlari ko`p sonli tomoshabinlar qalbidan o`rin oldi. Aynan ular juftligi Bollivudning eng yaxshi juftliklari qatorida tilga olinadi.
Amitabx Bachchan o`zini siyosatda ham sinab ko`rishga qaror qildi. U Hindiston Parlamentida faoliyat yuritgan chog`larda jiddiy qarshiliklarga duch keldi. Shu sababli u siyosatni tashlab ketishga majbur bo`ldi.
Keyinchalik u shaxsiy ishlab chiqarish kompaniyasiga asos soldi.
Sanoqsiz roller va mukofotlar Amitabxni ming yillikning Superyulduzlari darajasiga ko`tardi. U bu borada ser Lorens Olivye va Charli Chaplin bilan bir qatorida turadi.


2001-yilning 26-yanvarida aktyorga hind kinosiga qo`shgan hissasi uchun Padma Bhushan mukofoti berildi.
Amitabx Bachchan katta yoshdagi aktyorlar orasida hanuzgacha ekrandan tushmay kelayotgan yagona ijodkor hisoblanadi.
Amitabx Bachchan BBC so`rovnomasiga ko`ra o`tgan yili eng mashhur aktyor deb topildi. London shahrida esa uning mumdan yasalgan haykali qad rostlagan.

Просмотров: 2166 | Добавил: shov-shuv | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Июнь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Поиск

Друзья сайта

Статистика


Copyright MyCorp © 2024