“Doyche velle” radiosi tarqatgan xabarlarga ko`ra, Nemis texnik nazorat va xavfsizlik xizmati eng xafsiz avtomobillarni guruhlarga bo`lib chiqdi. Bu yerda baholashning asosiy mezoni qilib mashinalarning avariyaga chidamliligi, avariyadan saqlab qolinish imkoniyatlari, texnik ustunliklari olingan.
O`z kategoriyasida eng xavfsiz modellar quyidagilar:
0-3 yilliklar guruhi: Opel Meriva, Ford Fusion, Honda Jazz
4-5 yilliklar guruhi: Porsche 911, Subaru Forester, Audi A4
6-7 yilliklar guruhi: Toyota RAV4, Toyota Yaris, Porsche Boxster. 8-9 yilliklar guruhi: Porsche Boxster, Porsche 911, Mercedes SL.