Mashhur aktyor Jeki Chan 2008-yilda Xitoyning Pekin shahrida o`tkaziladigan Olimpiada o`yinlari uchun qo`shiq yozdi. Qo`shiq nomi "Biz tayyormiz" deb ataladi.
Aktyor avvallari ham bir nechta yakkaxon albomlarini chiqargan. Ushbu qo`shiq matni va musiqasini Piter Kam yozgan bo`lib, u 2006-yil Berlin kinofestivalida "Izabella" filmi saundtreyki uchun Kumush ayiqcha bilan mukofotlangan.