Вторник
01.07.2025
01:27
Главная Mening saytim Приветствую Вас Гость | RSS Регистрация
Вход
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
SAYT HAQIDA FIKRINGIZ
Всего ответов: 80

Главная » 2008 » Февраль » 29 » MAKSIM
MAKSIM
10:06
Asl ismi sharifi Marina Maksimova bo`lgan bu qo`shiqchi 1984-yilning 10-iyunida Tataristonning Qozon shahrida tug`ilgan. Uning oilasi sportchilar oilasi edi. Ota-onasi xalqaro toifadagi suzuvchilar bo`lishgan. Otasi Sobiq SSSR terma jamoasi rahbari ham bo`lgan. Uning qarindoshi bo`lgan Yelena Vaysexovskaya suzish bo`yicha olimpiada cempioni ham bo`lgan edi. Bu Marinaning hayotida ham muhim ahamiyat kasb etgan. U Qozon sharida vokal to`garagi bilan bir qatorga karate to`garagiga ham qatnar edi. 6 yillik faoliyati davomida qizil belboqqa erishgan.
Marina maktabda o`qib yurgan kezlari darslarga kech qolib kelardi. Ko`pincha u darsga to`garak mashg`ulotlaridan keyin kelgani sababli bu holatni "san`at yo`lidagi qurbonlik" deb eslaydi. Maktab qoidalariga ko`ra kechga qolgan o`quvchilar jarima tariqasida sher aytib berishlari kerak edi. Bu jazoni Maksim bajonu-dil bajarar edi.
Shuningdek u maktab chog`laridanoq she`rlar yoza boshlagan. Maksimning ilk she`ri kutilmagan holda yozilgan bo`lgan. U doimo maktab qoidalarini buzib kelar edi. Bir kuni dugonasi bilan xat yozishayotib satrlarni qofiyali qilib yozdi. Odatda o`quvchilar bunday qoidabuzarlik uchun "ikki" olishadi. Maksim esa kelajagi haqida hulosa oldi. Maksim she`riy musobaqalarda ham qatnasha boshladi. Bu haqda u quyidagicha eslaydi: "Bu darsdan qochishning eng axshi yo`li edi. Ham u yerda dam olasan, ham bu yerda javobgar bo`lmaysan".
U maktab chog`laridanoq yosh vokalchilar tanlovlarida qatnasha boshlagan. Bu festivallarda u Meraya Kerri, Selin Dion, Uitni Xyuston va Janna Aguzarova ijodidan kuylab yurgan. Keyinchalik unda o`z qo`shiqlarini yaratishga ishtiyoq tug`ildi. Shu tariqa uning ilk qo`shiqlari: "Begona" va "Olib ket" tayyor bo`ldi. Bu ikki qo`shig`i uni Qozon klublarida mashhur qildi. Hatto "Olib ket" qo`shig`i ko`p adadda chop etiladigan "Eng yaxshi o`ntalik" to`plamiga kiritilgan.
Ilk shartnomasini Maksim 14 yoshida imzolagan. Prodyusser uni musobaqada tanlagan va "yosh qo`shiqchini yulduz qilishni" o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.
Maksim: "Men hech qanday muvaffaqiyatni hohlamaganman. Qo`shiqchi bo`laman deb ham o`ylamaganman. Ota-onam meni huquqshunos bo`lishimni istashar edi. Menga ham bu fikrlar ma`qul bo`lgan. Axir huquqshunoslik-faxrli kasb".
Maksim: "Prodyusserlar menga she`r yozib beradigan odam topishdi. Lekin mening maktabda yozgan she`rlarim unikidan yaxshiroq edi. Har holda sinfdoshlarim shunday deyishadi. Ular doimo "qachon o`zingga qo`shiq yozasan?" deb so`rashardi".
Shundan keyin u Murmansk, Nerengri, Piter, Xabarovsk va Yakutsk kabi shaharlarda ham kuylay boshladi. Shunday qilib yosh Marina Maksimova Maksim nomli qo`shiqchiga aylandi. Maktabni tugatgach barcha rasmiy bayramlar uning ishtirokida o`ta boshladi.
Maksim: "Men endi boshqa shaharlarda ham kuylashni hohlardim. Bu yerda bunday yursam oradan yetti yil o`tib-mi, Tatariston xalq artisti ham bo`larman. Lekin men yana yangiliklar qilishni hohlar edim. Shu sababli men Moskvaga ketishga qaror qildim. Do`stlari avval bu yerda biror natijaga erishgin, keyin ketasan deyishdi. Biroq men bu yerda kim bo`lsam ham poytaxtda yana "0" dan boshlashimga to`g`ri kelishini tushundim".
U Moskvaga kelib, "S.B.A / Gala Rekords" bilan ilk albomini chiqarish uchun shartnoma imzoladi. Bu yerda yozilgan "Trudniy vozrast" qo`shig`i tinglovchilar qalbidan joy oldi. Uning ilk albomi ham aynan shu qo`shiq nomi bilan ataladi. Shu yilning mart oyida sotuvga chiqqan bu albom multiplatina albom maqomiga erishdi.
Gala Rekords: "Maksim studiyaga ko`chadan kelib, "Men qo`shiqlar yozilgan diskimni olib keldim" dedi. Biz uni eshitib ko`rdik, va ma`qul keldi. Unga kerakli maslahatlar berdik. Keyinroq uning albomi ustida birgalikda ishlay boshladik".
Marinaning Maksim nomi bilan ijod qilishining ham o`ziga hos tarixi bor. Uning akasining ismi Maksim. U ko`pincha akasining do`stlari davrasida kuylar edi. Shu sababli bu nom o`sha do`stlardan qolgan laqabdir. Bu laqabga yana bir sabab uning karate bilan shug`ullanganligi bo`lgan.
Bugun ijodini "0" dan boshlagan va ko`chadan kelgan Maksim barchaning e`tiboriga tushgan ajoyib qo`shiqchi hisoblanadi.
Просмотров: 2217 | Добавил: shov-shuv | Рейтинг: 3.7/3 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Февраль 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829

Поиск

Друзья сайта

Статистика


Copyright MyCorp © 2025