Среда
02.07.2025
17:06
Главная
Дневник
Mening saytim Приветствую Вас Гость | RSS Регистрация
Вход
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
Eng Yahshi Honandani Tanglang Va Ovoz Bering
Всего ответов: 306

Главная » 2008 » Июнь » 09 » RUSLAN SHAMILOVICH CHAGAYEV
RUSLAN SHAMILOVICH CHAGAYEV
06:58

Xizmat ko`rsatgan sport ustasi, Jahon va Osiyo chempioni, VIII Osiyo o`yinlarida boks bo`yicha chempion, "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sportchi", "O`zbekiston iftixori" unvoni va "O`zbekiston belgisi" medali sohibi.
Ruslan Chagayev 1978-yilning 19-oktabrida Andijonda tug`ilgan.
Laqabi: Oq Tayson.
Professional boksga o`tishidan oldin Ruslan havaskor boksda ringga ko`tarilar edi. U havaskorlar orasida ajoyib natijalarga erishgan edi. Ya`ni o`tkazgan 85 jangini 82 tasida ringni g`alaba bilan tark etgan. 1995-yilda Osiyo chempioni degan nomda sazovor bo`lgan. 1996-yilda Atalanta olimpiadasida o`ta o`g`ir vaznda qatnashgan Ruslan Luan Krasnikiga imkoniyatni ochkolar hisobi bo`yicha boy berdi. 1996-yilgi Gavanada o`tkazilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida bronza medal sohibiga aylandi. 1997-yil Budapeshtda va 2001-yil Belfastdag g`alabalari unga havaskor boksda ikki karra chempion degan nomni taqdim etdi.

 


1997-yilgi jahon chempionati finalida Ruslan Feliks Savon ustidan 14:4 hisobida g`alabaga erishgan. O`sha paytlarda Savon juda yaxshi sport formasida edi. Eslatib o`tamiz, Savon 3 karra olimoiada chempioni. Uning mag`lublar ro`yhatida Rey Merser, Shennon Briggs, Devid Tua, Kirk Jonson, Anjey Golota, Dennel Nikolson, Devid Ayzon va David Defaigbon kabi mashhur bokschilarni ham uchratish mumkin.
Lekin hali professional boksda ko`p tajribaga ega bo`lmagan Ruslan chempionat g`olibiga aylana olmadi.
1998-yilda Bangkokda o`tkazilgan VIII Osiyo o`yinlarini oltin medal bilan yakunladi. 1999-yilda Xyustonda Feliks Savonga chempionlik kamarini yutqazib qo`ydi. Shu yili Toshkentda o`tkazilgan Osiyo chempiontini esa yana g`alaba bilab yakunladi. 2000-yilda Sidney olimpiadasida Vladimir Chanturiga qarshi o`tgan jangdagi mag`lubiyati g`oliblar qatoridan joy olishga to`sqinlik qildi.


Havaskor boksda esda qolarli g`alabalaridan biri bu shubxasiz Belfastdagi chempionat bo`lgan. 2001-yilda tashkil etilgan bu chempionatda Ruslan barcha raqiblarini muddatidan avval yengib, chempion degan nomga loyiq ekanligini isbotlagan edi.
Chempionatdan so`ng Ruslan Chagayev professional boksda faoliyat boshladi. Uning ilk janglaridan biri bo`lgan Rob Kallouem bilan bo`lgan jangda texnik nokautga erishgan. Keyin birin ketin Zek Grem, Daniel Frank, Sedrik Filds mag`lubiyatga uchratildi.
Janglarini qator g`alabalar bilan tugatgan Ruslan 2007-yilning 14-aprel kuni rus giganti Nikolay Valuyevga qarshi chempionlik jangiga kirishdi. Bu jang ochko hisobida Ruslanning g`alabasi bilan yakunlandi.

Просмотров: 1608 | Добавил: shov-shuv | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь
«  Июнь 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Поиск

Друзья сайта

Статистика


Copyright MyCorp © 2025