Суббота
12.07.2025
22:07
Главная
Дневник
Mening saytim Приветствую Вас Гость | RSS Регистрация
Вход
Меню сайта

Мини-чат

Наш опрос
SAYT HAQIDA FIKRINGIZ
Всего ответов: 80

Главная » 2008 » Февраль » 29 » MARIYA SHARAPOVA
MARIYA SHARAPOVA
10:22
Allaqachon tennis qirolichasiga aylanib ulgurgan Mariya Sharapova 4 yoshidan beri tennis bilan birga. 17 yoshida u Uimbildon turnirini g`alaba bilan yakunlagan va o`shandan beri tennis mutahasislari va muxlislari e`tiboridan chiqib qolgani yo`q. 2005-yil avgustida u Rus tennischilarining ichidan birinchilardan bo`lib WTA tasnifidagi birinchi raketkaga aylandi. Oradan bir yil o`tib u Nyu Yorkni hayratda qoldirdi. Mariya ikki marta Katta Shlem turnirida g`alaba qozongan yagona rus tennischisi nomiga sazovor bo`ldi.
Mariya tennisni shunchaki o`ynamaydi, u tennisda yashaydi. 7 yoshida u aylanma zarbalarni bemalol yo`llay olar edi. O`sha paytlardanoq u bajargan zarbalar ko`pchilikni hayron qoldirgan edi.
Mariya kortdan tashqarida juda muloyim qiz. Uning ilk murabbiyi ham bu haqda aytib o`tgan edi: "Mariya doimo kulib yuradi va muloyim qiz. Lekin u kortga tushganda butunlay boshqa odamga aylanib qoladi. Jahldor, qattiqqo`l bo`lib qoladi. U o`z maqsadi uchun olg`a borib, faqatgina g`alaba haqida o`ylaydi. Men bilan ishlagan uch yillik faoliyati mobaynida u biror marta ham menga charchadim demagan".
Tennis bilan ko`pgina sportchilar shug`ullanishadi. Lekin birinchi raketka bo`lish hammaga ham nasib qilavermaydi. Tennisda g`alaba qozonish uchun tez yugurish, to`pni uzoqroqqa urish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari yana bir qancha omillarning ahamiyati katta. Ular sog`liq, iste`dod, mashg`ulotlar, ruhiy holat, xarakter, atrof-muhit va albatta ota-onaning muxlisligi. Bularning birortasi bo`lmasligi muvaffaqiyatdan uzoqlashtiradi.
Mariyada ana shu jihatlarning barchasi to`liqdir. Natijada u tengi yo`q tennischiga aylandi.
Uning bu muvaffaqiyatlaridan Land Rover kompaniyasi ham foydalanib qoldi. U Mashaga reklama taklif qildi.
Mariya mashinalarni yoqtiradi. U ilk marotaba 17 yoshida otasining "Land Rover" mashinasini haydagan edi. O`shanda ular Amerikada yashashardi. U yerdagi qonunga ko`ra 18 ga to`lmaganlar ham mashina haydashi mumkin. Faqatgina ularga ota-onasi hamrohlik qilishsa kifoya.
Bu sayohat Mariyada mashina sotib olishga qiziqish uyg`otdi. U Buyuk Britaniya ochiq chempionatini g`alaba bilan yakunlagach, o`ziga "Porsche Cayenne" avtomobilini harid qilmoqchi bo`ldi. 2005-yilda u haydovchilik guvohnomasini oldi. Lekin Cayenne uchun mo`ljallagan pulini hayriya ishlariga sarfladi. O`ziga esa Range Rover mashinasini harid qildi.
Mariya Sharapova: "Harakatlanish vositasini to`g`ri tanlash men uchun juda muhim. Mashina meni mashg`ulotlarga, matchlarga va boshqa uchrashuvlarga yetkazadi. Men Range Roverda yurganimda o`zimni himoyalangan his qilaman".
Hozirda ham Mariya Range Roverda yuribdi. Lekin uning garajida yana uchta mashinaga joy mavjid. Balki Roverning yoniga yana sherik kelib qolar.
Mariya Sharapova: "Men hozir Range Roverda yuraman. Men allaqachon Freelander 2 ning muxlisiga aylanib bo`lganman. Menga avotomobilimning ko`proq i-Pod pleyeriga audiotizim orqali to`g`ridan to`g`ri bog`lanishi yoqadi".
Mariya Sharapova iste`dodli, mehnatdevar va juda go`zal tennischi. U hali ko`r marotaba o`z muxlislarini hursand qilishiga ishonamiz.
Просмотров: 2686 | Добавил: shov-shuv | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь
«  Февраль 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829

Поиск

Друзья сайта

Статистика


Copyright MyCorp © 2025